Koutino Neymardan hayratlanmoqda

  • 21 yanvar, 2017, 11:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino Braziliya terma jamoasidagi do‘sti Neymarning o‘yinidan hayratlanayotganini va "Barselona" hujumchisi hozirgi yosh futbolchilarning barchasiga o‘rnak bo‘layotgani haqida gapirdi.
- Neymar bizning futboldagi kumirimiz va bolalar undan o‘rnak olishi lozim, - dedi Filippe Koutino. - Men uchun Neymar dunyodagi eng yaxshi futbolchi va men unga o‘xshashni istayman. Do‘stimning "Barselona" va Braziliya terma jamoasidagi o‘yini bizni ilhomlantiradi.
Neymar ham o‘z intervyularida ko‘p marotaba Filippe Koutinoning mahoratini maqtagan va hamyurtini bir necha bor "Barselona"ga o‘tishga chaqirgan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!