
"Krilya Sovetov" - "Krasnodar" 0:3 (video)
Bugun Rossiya Premer-ligasida 8-tur o‘yinlari yakuniga etdi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan "Krilya Sovetov" klubi o‘z maydonida "Krasnodar"ga qarshi bahs olib bordi.
"Samara-Arena"da kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakun topdi. Denisov esa bellashuv qaydnomasidan o‘rin olmadi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar