
Kurash: Ma’ruf G‘aybulloev va Ruslan Bo‘rievlar saralashning dastlabki bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishdi
Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kun bahslari o‘zining ayni qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Kun dasturidan o‘rin olgan kurash bahslarining 66 kg vazn toifasida ishtirok etgan ikki nafar hamyurtimiz musobaqa saralash bosqichining dastlabki qismidan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Dastlab, Ma’ruf G‘aybulloev indoneziyalik Aprilianda Adi Temurni mag‘lub etgan bo‘lsa, Ruslan Bo‘riev mo‘g‘luistonlik Baasandash Jargalsayxanga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Qayd etish lozim, 1/8 final bosqichida Ma’ruf G‘aybulloev fillipinlik Al Rolan Lamasni sinovdan o‘tkazsa, Ruslan Bo‘riev Upendra Tapaga qarshi gilamga ko‘tariladi.
Fikrlar