Kurtuaning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 09.01.2019 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bundan avvalroq “Real” Madrid darvozaboni Tibo Kurtua son mushaklaridan jarohat olgani haqida xabar bergan edik.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli belgiyalik posbon taxminan 10-15 kun maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa u Ispaniya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Leganes"ga va La Liganing "Betis"ga qarshi o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.

Kurtuadan tashqari “Real” lazaretida shuningdek Marko Asensio, Garet Beyl, Toni Kroos, Xaver Sanches va Mariano Dias kabi futbolchilar ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!