"Real"ning asosiy darvozaboni noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 9 yanvar, 2019, 21:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

26 yoshli belgiyalik futbolchi son mushaklaridan jarohat olgan. Hozircha uning qachon safga qaytishi hozircha ma’lum emas.

Shu bois aytish mumkinki endi mavsum boshidan buyon zahirada qolayotgan Keylor Navasda o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat paydo bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Kurtua joriy mavsum “Real” safida jami 21ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 27ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!