La Liga. "Real" "Valyadolid"dan ustun keldi va g‘alabasiz seriyasiga barham berdi

Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

83-daqiqada Vinisius Juniorning zarbasidan so‘ng to‘p raqib himoyachisi Kikoning oyog‘iga tegib darvoza to‘ridan o‘rin oldi. 88-daqiqada esa Serxio Ramos penaltidan gol kiritib, hisobni 2:0 ko‘rinish olishini ta’minladi.

Shu tariqa, "Real"ning La Ligadagi 5 ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasi yakuniga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!