La ligada eng ko‘p gol urgan 7 xorijlik futbolchi
Ispaniya chempionati tarixidagi eng sermahsul to‘purarlar haqida oldinroq ma’lumot berib o‘tgan edik. Bu safar ushbu chempionatda eng ko‘p to‘p kiritgan 7 ta xorijlik futbolchi haqida to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik.
7. Ladislav Kubalo. 215 o‘yin - 138 gol
Chexoslovakiya, Vengriya va Ispaniya terma jamoalari sharafini himoya qilgan asli Vengriyalik bo‘lgan futbolchi 1950-1961 yillarda "Barselona" uchun 131 ta, 1963-1964 yillarda esa "Espanol" uchun 4 ta golga mualliflik qilgan. Kubalo "Barsa" libosida to‘rt bora La liga chempionligini qo‘lga kiritgan.
6. Ferents Pushkash. 180 o‘yin - 156 gol
Vengriyalik hujumchi 1958 yili 31 yoshida "Real" tarkibiga kelib qo‘shilib, 9 mavsum davomida, ya’ni 40 yoshiga qadar chempionatda 156 marta raqiblar posbonlarini ranjitgan. 5 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan Pushkash, 4 bora to‘purarlar poygasida g‘olib chiqqan.
5. Samuel Eto’O. 280 o‘yin - 162 gol
Kamerunlik forvard 1998-2000 yillari "Real" tarkibida chempionatda gol ura olmagan bo‘lsa, keyingi 5 mavsumda "Malorka" uchun 54 ta gol kiritgan. 2004 yili "Barselona" libosini kiygan Samuel 5 mavsumda 108 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Eto’O 3 karra mamlakat chempioni bo‘lib, 2006 yili eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.
4. Alfredo di Setfano. 329 o‘yin - 227 gol
Di Stefano 1953 yildan 1964 yilgacha "Real" raqiblari darvozalarini 216 marta aniq nishonga olgan bo‘lsa, keyingi ikki mavsumda "Espanol" raqiblarini 11 bora ranjitishga muvaffaq bo‘ldi. Argentinalik hujumchi 8 marta mamlaakat chempioni bo‘lib, 5 bora "Pichichi" sovriniga ega chiqqan.
3. Ugo Sanches. 347 o‘yin - 234 gol
Meksika futboli tarixidagi eng kuchli o‘yinchi hisoblanadigan Sanches 1981-1985 yillarda "Atletiko" tarkibida 54 ta, keyingi 7 mavsumda "Real" libosida 164 ta va 1993-1994 yillari "Rayo Valekano"da 7 ta golga mualliflik qilgan. Ugo 5 marta La liga chempioni bo‘lib, shuncha marta eng yaxshi to‘purarga atalgan bosh sovrin egasi bo‘lgan.
2. Krishtianu Ronaldu. 244 o‘yin - 265 gol
Portugaliyalik hujumchi 2009 yildan beri "Real" tarkibida chempionatda urgan gollari soni 265 taga etdi. Ronaldu har mavsumda 26 tadan kam gol urmagan. U atigi bir marta chempion bo‘lgan bo‘lsa ham, 3 marta eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.
1. Lionel Messi. 357 o‘yin - 320 gol
Argentinalik futbolchi La ligada eng ko‘p gol urgan va eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchi hamdir. U 2004 yildan beri "Barselona" raqiblari darvozalarini 320 marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. Messi 8 mavsumdan buyon 20 tadan ortiq gol uyapti. Leo 8 karra Ispaniya chempioni va 3 bora to‘purari bo‘lgan.
Furqat Yusupov tayyorladi

Fikrlar