"Latsio" o‘z etakchisi bilan shartnomani uzaytiradi
Rimning "Latsio" klubi rahbariyati jamoa to‘purari Chiro Immobile bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli futblolchi bilan imzolanadigan yangi kelishuv 2023 yilga qadar amal qiladi. Agar ushbu shartnoma imzolansa, Immobilening yillik maoshi 3,2 million evroga ko‘tariladi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda Immobile FIFA kunlari yakunlangach Italiya terma jamoasidan qaytib keladi va shundan so‘ng ushbu shartnomaga imzo chekadi.
Fikrlar