
Legionerlar: Qozog‘iston chempionati. Salomov to‘liq o‘ynadi, Geynrixga ishonishmayapti
Qozig‘iston Premer Ligasi 3-tur bahslari o‘z yakuniga etdi. Ushbu tur doirasida Shavkat Salomov to‘p surayotgan “Atirau” o‘z maydonida “Irtish”ni qabul qilgan bo‘lsa, Aleksandr Geynrix to‘p suradigan Chimkentning “Ordabasi” jamoasi mehmonda “Aktobe” bilan kuch sinashdi.
Ushbu bahslarda Shavkat Salomov o‘z jamoasi safida asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daiqa harakat qilgan bo‘lsa, Aleksandr Geynrix o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmadi.
Qayd etish lozim, “Atirau” o‘z maydonida “Irtish”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, “Ordabasi” mehmonda xuddi shunday hisobda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
«Aktobe» — «Ordabasi» 0:1
Gollar: Nuserbaev 7
Ogohlantirishlar: Dias Moreyra 10, Aslan 17, Volovik 90+3 — Kojabaev 20, Nuserbaev 53, Diakate 80, Nurgaliev 181, Buleshev 90+2
Chetlatish: Dias Moreyra 76 (ikkinchi ogohlantirish)
«Aktobe»: Otarbaev (k), Dias Moreyra, Barbosa, Volovik, Guye, Aytbaev (Yuri Almeyda 59), Aslan, Baytana (Ermachenko 72), Zenkovich, Kakimov, Shestakov
Zaxira: Tamabay, Saulet, Abdukarimov, Dautov, Rozibakiev, Jumagali, Skvortsov
«Ordabasi»: Bekbaev, Diakate, Martsvaladze (Tungishbaev 46), Bocharov, Kovalchuk, Fontanello, Nuserbaev (Buleshev 86), Nurgaliev (k) (Beysenov 81), Erlanov, Tolebek, Kojabaev
Zaxira: Boychenko, Adirbekov, Ashirbekov, Jumaxanov, Tursinbay, Yordanov
«Atirau» — «Irtish» 0:1 (0:0)
Gollar: Rodrigo 88
Ogohlantirishlar: Korobov 20, Chichulin 50 — Tkachuk 59, Esimov 64
«Atirau»: Pasechenko, Djokich, Dvalishvili, Lobjanidze, Salomov, Obshivach, Kayralliev, Korobov, Marov (Nuribekov 76), Xayrullin (k) (Li 83), Chichulin
Zaxira: Jomartov, Rodich, Majitov, Esatov, Abdraxmanov, Suley, Tuliev
«Irtish»: Loriya (k), Fonseka (Dja Djedje 84), Nganbe (Fofana 75), Jivkovich, Rodrigo, Tkachuk, Dvali, Geteriev (Shabalin 90+1), Esimov, Vorotnikov, Darabaev
Zaxira: Kalmikov, Jumaskaliev, Chernishov, Kalinin, Kislitsin, Aliev
Fikrlar