Legionerlar: Sanjar Tursunov super gol urgan o‘yinda “Al-Haraytiyat” zafar quchdi
Qatar Yulduzlar Ligasi 25-turida o‘zbekistonlik Sanjar Tursunov to‘p tepayotgan “Al-Haraytiyat” jamoasi safarda “Al-Muaydar” mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda Tursunov jamoasi 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi gollardan biriga mualliflik qildi.
فيديو : هدف الخريطيات الثاني على معيذر عبر سانجار تورسنوف د58 #دوري_نجوم_قطر #الخريطيات_معيذر pic.twitter.com/CgoGnL47l2
— قناة الكأس (@alkasschannel) April 7, 2017
Mazkur g‘alabadan keyin “Al-Haraytiyat” 31 ochko bilan 14 jamoa orasida 7-pog‘onada bormoqda.



Fikrlar