Legionerlarimiz. Axmedovning jamoasi g‘alabani qo‘ldan boy berdi

  • 30 aprel, 2017, 21:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Xitoy Super ligasida 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Axmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” bu turni safarda “Chuntsin Lifan” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

52-daqiqada Xe Guanning golidan so‘ng hisobni ochgan shanxayliklar o‘yinning hakam tomonidan qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqasida o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishdi. Natijada Andre Villash-Boash jamoasi ikki ochkodan mahrum bo‘ldi. Hamyurtimiz esa o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.

Xitoy Super ligasi. 7-tur

Chuntsin Lifan  - Shanxay SIPG 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 0:1 – 52 Xe Guan, 1:1 – 90+4 Ding Jie.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!