
Legionerlarimiz. Qozog‘istondan daraklar
Bugun Qozog‘iston Premer-Ligasida 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Shavkat Salomov faoliyat olib boradigan "Atirau" jamoasi safarda "Oqjayiq"qa qarshi bahs olib bordi.
Salomov zaxirada qolgan mazkur bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Aleksandr Geynrix to‘p tepadigan "Ordabasi" klubi esa safada "Qayrat"ga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Sasha o‘yinning 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Bu vaqtda uning jamoasi 1:4 hisobida yutqazayotgan edi.
Qozog‘iston Premer-Ligasi. 30-tur
"Oqjayiq" - "Atirau" 1:0
"Qayrat" - "Ordabasi" 5:1.
Fikrlar