
Libertadores kubogi finali yana boshqa qit’ada o‘tadimi?
Eslatib o‘tamiz, kecha Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida "River Pleyt" mazkur musobaqa finalida "Boka Xuniors"dan (3:1) ustun kelgan edi. Aslida ushbu o‘yin Buenos-Ayresdagi "Sentenario" stadionida o‘tishi kerak edi, ammo "River Pleyt" muxlislarining raqib jamoa avtobusiga hujum qilishi oqibatida KONMEBOL xavfsizlik nuqtayi nazaridan uchrashuvni aynan Madridda o‘tkazishga qaror qilgan edi.
"Biz yuzaga kelgan vaziyat tufayli shunday qaror qabul qildik. Neytral maydon topish kerak edi va favqulotda qaror qilishga to‘g‘ri keldi. Ammo buni yana rejalashtirayotganimiz yo‘q.
"Santyago Bernabeu"da o‘yin o‘tkazish mening g‘oyam emas. kengashib shu qarorga kelindi. So‘ng men do‘stim Florentino Peresga qo‘ng‘iroq qildim hamda bu ishni amalga oshirishni iloji bor yoki yo‘qligini so‘radim. U esa javob uchun ikki daqiqa so‘radi va stadionda o‘yin o‘tkazish bepul ekanligini aytdi", - dedi Dominges.
Fikrlar