
"Lion" futbolchisi uchun "Milan" va "Uotford"dan qiziqishlar bo‘lmoqda
"Lion" klubi hujumkor yarim himoyachisi Maksvell Korne mashhur jamoalarning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ivuarlik futbolchi uchun "Milan" va "Uotford" klublari jiddiy kurash boshlashgan.
Ma’lumot uchun, Korne joriy mavsum “Lion” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar