«Liverpul» – «PSJ»: uchrashuv g‘olib va mag‘lublari kim?

  • 20 sentabr, 2018, 17:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar Ligasining yangi mavsumiga ham kecha start berildi. Unda 1-turning markaziy o‘yini «Enfild»da «Liverpul» – «PSJ» uchrashuvi bo‘ldi. Maydon egalari «Pari Sen-Jermen»ni so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga uch ochkoni ilib ketdi.

Tecno

O‘yin borasida etarlicha baxslashish mumkin, biroq kimlar uchrashuvdan o‘zi uchun foyda ishladi-yu, kimlar zarar ko‘rdi, shu haqida mulohaza yuritamiz.

G‘olib: Jeyms Milner

«PSJ» va «Liverpul» o‘rtasidagi top jangda barcha narsani kutish mumkin edi, Jeyms Milner esa eng mashhur futbolchilar orasida kuchli beshlikka ham kira olmaydi. Ehtimol, top-10 ka ham kirmas.

32 yoshli yarim himoyachi «PSJ»ga qarshi eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi. U raqib hujumlarini birin-ketin to‘xtataverdi. Unda to‘p bo‘lganda esa hujumga qarab olg‘a boraverdi. Boz ustiga penaltini mohirona ijro etib jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Mag‘lub: chap qanot himoyachilari

Endryu Robertson jamoasining dastlabki goliga hammualliflik qilganida, aftidan chap qanot himoyachilari uchun atalgan oqshom bo‘lishi kutilgandi. Biroq barchasi kutilmaganda teskariga qarab ketdi. Birinchisi Xuan Bernatning kulgili xatosidan keyin belgilangan penalti. «Qizillar» ikki gol farqi bilan oldinga chiqib oldi. Keyin Robertsonning o‘zi Toma Meneni yolg‘iz qoldirdi va raqib himoyachisi hisobni qisqartirishga erishdi.

G‘olib: Daniel Starridj

Qanday ajoyib hikoya! Starridj Roberto Firminoning ko‘zidagi muammolar sababli asosiy tarkibda maydonga chiqdi. U 2012-yildan beri birinchi marta Chempionlar Ligasida ilk daqiqalardanoq maydonga tushirildi. Uning maydondaligi «Liverpul»ning hujumiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Biroq maydonga braziliyalik hujumchi tushirilgach ishlar unchalik ham silliq kechgani yo‘q.

Starridj yuqori iste’dod egasi ekanligini Robertsonning uzatmasini boshi bilan Tyago Silvadan balandroq sakrab darvoza tomon yo‘llagach yana bir karra isbotladi.

Mag‘lub: UEFA

«Liverpul»ning dastlabki golida Veynaldum o‘yindan tashqari holatda edi. «PSJ»ning ilk golida esa Toma Mene ofsaydda qolib ketgandi. Ikkala tomon uchun ham bittadan xato qilindi, deyishingiz mumkin, ammo bu kutilmagan omad.

Ikkala qaror ham o‘yinning borishini o‘zgartirib yubordi va yakuniy natijaga ta’sir qildi. Bunday jiddiy muammoning yagona echimi VAR tizimi. Nima sababdan UEFA haligacha o‘yin hakamlariga katta yordam beradigan yangi texnologiyalarni joriy qilmayapti, tushunish qiyin.

G‘olib: Kilian Mbappe

Mbappe maydonga tushsa yo rekordlarni yangilaydi yoki yangi rekord o‘rnatadi. Ushbu oqshom Kilian parijliklarning o‘ng qanot hujumida harakat qildi. Biroq kutilmaganda uning maydondagi joyi markazga ko‘chirildi. Neymarning «qizillar» himoyasini yorib kirayotgan bir vaqtda Mbappe to‘pni o‘ziga to‘g‘rilab oldi va hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa Mbappe Chempionlar Ligasi doirasida «Enfild»da gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Mag‘lub: Kilian Mbappe

Mbappe ushbu uchrashuvni jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qolgan holda mutlaqo qahramon sifatida yakunlashi mumkin edi. Uning o‘rniga 91-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Mbappe o‘ziga ishongan holda to‘pga egalik qilmoqchi bo‘lganida uni yo‘qotib qo‘ydi. Ikki uzatma va bitta kuchli zarba va gol! «Liverpul» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Qahramonlikdan anti-qahramonlikkacha bitta noaniq harakat etarli bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!