"Liverpul" - "Manchester Yunayted". Taxminiy tarkiblar
Xabaringiz bor bugun Angliya premer-ligasining 17-turida "Liverpul" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.
Turning markaziy bahsi oldidan jamoalarning bugungi o‘yinni qanday tarkibda boshlashi haqida taxmin qilib ko‘ramiz.
"Liverpul" – "Manchester Yunayted"
Stadion: "Enfild"
Boshlanish vaqti: 21:00
Bosh hakam: Martin Atkinson
Taxminiy tarkiblar:
"Liverpul": Alisson – Milner, Lovren, Van Deyk, Robertson – Veynaldum, Keyta, Xenderson – Mane, Saloh, Firmino.
"Manchester Yunayted": De Xea – Yang, Baili, Jons, Shou – Errera, Fellayni, Matich – Lingard – Reshford, Lukaku.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp shogirdlari ayni damda hisobida 42 ochko bilan ikkkinchi pog‘onada borishmoqda. Joze Mourinoning “qizil iblislari” esa 26 ochko bilan jadvalning 6-pog‘onasidan joy olgan.

Fikrlar