
"Liverpul", "Real" va "Atletiko" yilning eng yaxshi jamoasi uchun kurash olib boradi
Evropa klublar assotsiatsiya va Evropa futbol agentlar assotsiatsiyasi Globe Soccer Awards — 2018 taqlini bo‘yicha “yilning eng yaxshi jamoasi”ga nomzodlarni e’lon qildi.
Kuchli uchtalikdan Madridning “Real” (o‘tgan mavsum EChL g‘olibi) va “Atletiko” (EL g‘olibi) va “Liverpul” (EChL finalchisi) o‘rin olgan.
Bundan tashqari “yil murabbiyi” nominatsiyasi uchun Dide Desham (Frantsiya), Diego Simeone (“Atletiko”), Yurgen Klopp (“Liverpul”), Massimiliano Allegri (“Yuventus”) va o‘tgan mavsum yakunida “Real”ni tark etgan Zinedin Zidan kurash olib borishadi.
“Yil futbolchisi” nominatsiyasiga Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Antuan Grizmann (“Atletiko”) va Kilian Mbappe (PSJ) nomzodlari kiritilgan.
Fikrlar