"Liverpul" Endryu Robertson bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 20.12.2018 18:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

Bleacher Report muhbiri Din Jonsning ma’lum qilishicha mersisaydliklar rahbariyati 24 yoshli shotlandiyalik futbolchining joriy yilda ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan kelib chiqib uni shu tariqa rag‘batlantirmoqchi. O‘z navbatida Robertsonning o‘zi ham ushbu taklifga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Robertson joriy mavsum APLda hozircha 15ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 4ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!