
“Liverpul” futbolchisi jamoani tark etadi
“Liverpul” klubi himoyachisi Nataniel Klayn kelasi mavsum mersisaydliklar sharafini himoya qilmaydi, deya xabar beradi Liverpool Echo nashri.
Klub futbolchining xizmatlaridan voz kechgan va uni transferga qo‘ygan. Agar yaxshiroq taklif chiqadigan bo‘lsa, Klayn qishki transferlardayoq jamoani tark etadi. Uning “Liverpul” bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilgacha mo‘ljallangan.
27 futbolchi bu mavsum birorta o‘yinda maydonga tushmagan va hattoki “qizillar”ning EChL guruh bosqichi qaydnomasiga ham kiritilmagan.
Fikrlar