
“Liverpul” himoyachisi uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi
"Liverpul" klubi himoyachisi Joel Matip joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.
Xabarlarga qaraganda 26 yoshli germaniyalik futbolchi tez orada sonidan operatsiya qilinadi. Shundan so‘ng uning sog‘ayishi uchun bir necha oy vaqt talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" UEFA Chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasida ertaga o‘z maydonida "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.
Fikrlar