"Liverpul" sardori APLning navbatdagi turida jamoasiga yordam bera oladi

  • 22 noyabr, 2018, 15:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" sardori Jordan Xenderson shanba oqshomida "Uotford"ga qarshi APLning navbatdagi turida ishtirok etishi mumkin.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli futbolchi joriy hafta mersisaydliklar safida hech qanday cheklovlarsiz umumiy guruhda shug‘ullangan. Eslatib o‘tish lozimki,  jarohatidan endigina sog‘aygan Xenderson tavakkal qilishni istamadi va Angliya terma jamoasi safada Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda ishtirok etmadi.

Ma’lumot uchun, "Uotford" - "Liverpul" o‘yini 24 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!