Lopetegi "Real" futbolchilari bilan xayrlashdi, u bugun iste’foga chiqariladi

  • 29 oktabr, 2018, 11:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi  Xulen Lopetegi kecha "Barselona"ga (1:5) qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa futbolchilari bilan xayrlashgan. Ta’kidlash kerakki, aynan mana shu mag‘lubiyat uning iste’foga chiqishini deyarli 100% ga aniq qildi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 52 yoshli mutaxassis “qirollik klubi” futbolchilariga birgalikdagi faoliyat uchun minnatdorlik bildirgan va ularga omad tilagan.

Ispan nashrlarining yozishicha “Real” rahbariyati bugun Lopetegini iste’foga chiqaradi va uning o‘rniga Antonio Konte tayinlanadi.  

Eslatib o‘tamiz, Lopetegi kecha o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Real"dagi ishini davom ettirishga umid qilayotgani haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!