
Lopetegi o‘zining instagram va tvitterdagi sahifalarini o‘chirib yubordi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi o‘zining tvitter va instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlarini o‘chirib tashladi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” ustozi bu ishga bugun Xalqaro chempionlar kubogi tijoriy turniri doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsdan so‘ng qo‘l urgan. Biroq, u nega bunday qilgani hozircha ma’lum emas. Ba’zi manbaalarga ko‘ra “Real” rahbariyatining buyrug‘i bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Real” bugun MYuga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar