Lopetegining kelishi "Real"ni ikkiga bo‘lib yubordi

  • 27 avgust, 2018, 20:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” boshqaruviga Xulen Lopetegi tayinlangach jamoa ikkita lagerga bo‘linib ketdi. Bu haqda  Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra Lopetegini Serxio Ramos, Isko, Marko Asensio, Nacho Fernandes va Lukas Vaskes kabi futbolchilar to‘liq qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ammo, Marselo, Luka Modrich, Toni Kroos va Rafael Varan kabi legionerlar 51 yoshli mutaxassisning o‘yin uslublaridan norozi bo‘lishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lopetegi kecha “Jirona”ga (1:4) qarshi bahsning 60-daqiqasida Marseloni almashtirib yuborgan edi. O‘yindan so‘ng esa braziliyalik futbolchi murabbiyning ushbu qaroridan hayratda ekanini aytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!