Luchano Spalletti: "Inter" o‘z etakchilarini qo‘yib yubormaydi

  • 14 yanvar, 2019, 16:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi hujumchi Mauro Ikardi, himoyachi Milan Shkrinyar va yarim himoyachi Raja Nainggolanlarni sotmoqchi emas.

Tecno

Bu haqda “neradzurrilar” bosh murabbiyi Luchano Spalletti aytib o‘tdi.

“Ikardi, Shkrinyar, Nainggolan? Biz doimo kuchayishni istovchi klubmiz. Biz jamoa etakchilarini qo‘yib yubora olmaymiz. Ular bizning eng kuchli futbolchilarimiz. Biz ularning barchasini saqlab qolmoqchimiz”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” A Seriyaning 19ta tur yakunlariga ko‘ra 39 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!