
Luis Enrike: De Xea ayni damda dunyoning eng kuchli darvozaboni
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike kecha Angliyaga (2:1) qarshi bahsda darvozabon David De Xeaning harakatlarini yuqori baholadi. Aytish kerakki, aynan mana shu darvozabon ajoyb seyvlari bilan jamoasini bir necha vaziyatlarda muqarrar goldan saqlab qoldi.
“Men hech qachon De Xeaning mahoratiga shubha qilmaganman. Ba’zan unda ham boshqalardek xatolar bo‘lishi mumkin, lekin baribir u dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri. De Xea darvozada turganda men doim xotirjamman. U – top futbolchi. Bugun Angliyaga qarshi ko‘rsattgan o‘yindagi harakatlari uning ayni damda dunyoda tengsiz ekanligini ko‘rsatdi”, - deydi Enrike.
Fikrlar