
Luis Enrikening omadli debyuti Ispaniya terma jamoasi uchun tarixiy bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha Ispaniya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi doirasida safarda Angliya mehmoni bo‘ldi. “Uembli”da kechgan bahs “qizil furiya”ning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng ispanlarning mag‘lubiyatsiz seriyasi yana bitta o‘yinga ko‘paydi va 25ta o‘yinga etdi. Bu haqda Gracenote Live nashri xabar bermoqda.
E’tiborlisi, bu zamonaviy futboldagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ilk uchrashuvini o‘tkazgan edi.
Fikrlar