Luis Ortis muhim jang oldidan doping nazoratidan o‘ta olmadi

  • 30 sentabr, 2017, 17:44
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kubalik bokschi Luis Ortis og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi amerikalik Deontey Uaylder bilan bo‘ladigan jang oldidan topshirgan doping nazorati ijobiy chiqqan. Bu tekshiruv haqida WBC prezidenti Maurisio Suleyman o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qilgan.

Mazkur tekshiruv doping nazoratiga ixtiyoriy topshirish assotsiatsiyasi (VADA) tomonidan o‘tkazilgan. Ortis va Uaylder o‘rtasidagi jang 4 noyabr kuniga rejalashtirilgan edi. Endi bu jangning tashkil qilinishi so‘roq ostida qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!