Luis Suares: Umid qilamanki, Belerin “Barselona”ga keladi
“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares “Arsenal” himoyachisi Ektor Belerin kataloniyaliklar safiga qo‘shilishiga umid qilmoqda.
“Odamlar “Barselona”da faqatgina eng yaxshi o‘yinchilar bo‘lishini istaydi. Umid qilamanki, Belerin safimizga qo‘shiladi. Yuqori darajadagi futbolchilarni ko‘rishdan faqat xursand bo‘lamiz”, – dedi Suares.
Qayd etish kerakki, “to‘pchilar” rahbariyati “Barselona”ning Belerin bo‘yicha taklifini rad etgandi. Ispaniyalik futbolchi esa kataloniyaliklar a’zosi bo‘lishga qarshi emas.

Fikrlar