Lukaku MYuning joriy mavsumdagi eng zo‘r futbolchisi kimligini aytdi

  • 26 fevral, 2019, 13:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukaku jamoasining so‘nggi paytlardagi muvaffaqiyatida himoyachi Lyuk Shouning mehnatlari katta bo‘layotganini ta’kidladi.

“Ko‘pchilik bizni hujumda yaxshi o‘ynashimizni aytadi, ammo, biz himoyada ham yaxshi harakat qilamiz. Smolling so‘nggi 2ta uchrashuvdan buyon ajoyib o‘ynamoqda. Shou esa men uchun jamoamizning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi. Biz hujumchilar va yarim himoyachilar imkon qadar raqibni maydonni ikkinchi yarimga o‘tkazmasdan himoyachilarga yordam berishga harakat qilamiz”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Shou joriy mavsum APLda jami 21ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!