Lukaku va Sanchesning gollari MYuga g‘alaba keltirdi (video)

  • 4 fevral, 2018, 00:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shanba oqshomida Angliya Premer-ligasida 26-tur o‘yinlari start oldi. “Manchester Yunayted” bu tur o‘z maydonida “Xaddersfild Taun”ni qabul qildi.

Tecno

Ushbu o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritshdi. O‘yinning 55-daqiqasida Romelu Lukaku Xuan Mataning uzatmasidan so‘ng gol kiritib, hisobni ochdi.

68-daqiqada esa Aleksis Sanches penalti ishladi va uni o‘zi amalga oshirdi. Biroq mehmonlar darvozaboni Lessl to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga chililik futbolchining o‘zi etib keldi va “qizil iblislar” safida o‘zining debyut golini kiritdi.

Quyida ushbu o‘yinda yuzaga kelgan xavfli  vaziyatlar va kiritilgan gollarni   tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!