
Lukakuning agenti uni "Real"ga olib o‘tmoqchi
Madridning "Real" klubiga "Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukakuning xizmatlari taklif qilindi. Bu haqda ispan nashrlari xabar bermoqda.
Unga ko‘ra belgiyalik futbolchining agenti Mino Rayola o‘z mijozini “qirollik klubi”ga olib o‘tishni ko‘zlamoqda va bu borada harakatlarni boshlab yuborgan. Lukaku ham "Santyago Bernabeu"ga ko‘chib o‘tishga qarshi emas va buning uchun maoshining kamayishiga ham rozi.
Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum MYu safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi 85 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar