Lutfulla To‘raev ham Indoneziyaga yo‘l olishi mumkin

  • 26 yanvar, 2019, 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali futbolchi Lutfulla To‘raev o‘tgan yili AGMK jamoasining sardori sifatida ishtirok etib O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. Lekin yangi mavsumda olmaliqliklar safida katta o‘zgarishlar yuz bergani bois jamoadan bir qator o‘yinchilar ketishdi. Ularning orasida esa Lutfulla To‘raev ham bor. Kubokning qo‘lga kiritilishida katta hissa qo‘shgan yarim himoyachi endilikda «Bunyodkor» jamoasining mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti.

Biroq, tajribali futbolchi SPORTS.uz muhbiri bilan suhbat davomida Indoneziyadan taklif kutayotganini aytdi.

- Ayni paytda «Bunyodkor» klubida shug‘ullanyapsiz…

- Aslida mening Indoneziyadan variantim bor va shuni kutib o‘tiribman. «Bunyodkor»da shug‘ullanib sport formamni saqlab turibman. Agarda Indoneziya varianti o‘xshamaydigan bo‘lsa, «Bunyodkor»da qolish niyatim bor. Har holda menga Vadim Abramov bilan birga ishlash qiziq va yoqadi. To‘g‘risi, Indoneziyaga borish yoki bormasligim 50x50 bo‘lib turibdi.  

Suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!