Lutfulla To‘raev yana "Bunyodkor"ga qaytdi

  • 19 yanvar, 2019, 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi ikki mavsumni Olmaliqning AGMK safida o‘tkazib O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Lutfulla To‘raev yana o‘zining sobiq jamoasi – “Bunyodkor”ga qaytdi.

30 yoshli yarim himoyachi bugun “Oqtepa”ga qarshi nazorat o‘yinida “qaldirg‘ochlar” safida maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, To‘raev 2012 hamda 2013 yillarda “Bunyodkor” safida to‘p surgan. U ushbu davr ichida 49ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Ma’lumot uchun, Lutfulla To‘raev o‘tgan mavsum AGMK tarkibida Superligada jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!