MLS. Zlatan mavsumning eng chiroyli goli muallifiga aylandi (Video)

  • 14 noyabr, 2018, 07:01
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

MLS mavsumning eng yaxshilarini aniqlash jarayonida eng chiroyli gol muallifi nomini ma’lum qildi. Unga ko‘ra “Los-Anjeles Gelaksi” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq 37 yoshli futbolchi 2018 yilning eng yaxshi yangi futbolchisi deb topildi. Bundan tashqari u Ueyn Runi bilan birgalikda MLS’ning mavsumdagi ramziy terma jamoasiga kiritildi.

Ma’lumot uchun, Ibragimovich mart oyida “Manchester Yunayted”dan “Los-Anjeles Gelaksi” safiga kelib qo‘shildi. U 27 o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 6 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!