
MYu - "Yuventus" o‘yinida ishlaydigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi, bu hakam Ronalduga yoqmaydi
Unga ko‘ra, turning markaziy o‘yinlaridan biri sanalgan "Manchester Yunayted" - "Yuventus" o‘yinini serbiyalik Milorad Majich boshliq hakamlar brigadasi boshqarib borishadi.
Unga qanotlarda hamyurtlari Milovan Ristich va Dalibor Jurjevichlar yordamlashadi. Zaxira hakami ham Serbiyadan - Nemanya Petrovich.
Ma’lumot uchun, Majich o‘tgan yilgi EChL finalini boshqargan edi. Kievda o‘tgan finalda "Real" - "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Majich "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga u qadar ham yoqmaydi. JCh-2014 guruh bosqichida Portugaliya - Germaniya (0:4) o‘yinida serbiyalik referi birinchi bo‘limda Pepeni chetlatgan, Portugaliya foydasiga penalti bermagan edi va ikkinchi taym davomida Ronaldu Majichning qarorlariga e’tiroz bildirish bilan o‘tkazgan edi.
Fikrlar