MYu "Barselona"ning Pogba borasidagi yana bir taklifini rad etdi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogbani "Barselona"ga sotishni istamayapti.
Italiyalik mashhur jurnaliyat Janluki di Martsio tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar Pogba evaziga "qizil iblislar"ga o‘zining kolumbiyalik himoyachisi Yerri Mina va portugaliyalik xavbek Andre Gomeshni, bundan tashqari yana 50 million evro pul ham taklif qilishgan. Biroq, MYu rahbariyati ushbu taklifni rad etdi. Ular 25 yoshli futbolchini o‘z saflarida saqlab qolishni rejalashtirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Pogba o‘tgan mavsum mankuanliklar safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar