
“MYu” Beyl uchun “Real”ga qaraganda ko‘proq taklif qilgan
“Manchester Yunayted” klubi sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes hujumchi Garet Beyl va yarim himoyachi Toni Kroosni sotib olishga yaqin kelganini aytib o‘tdi, biroq futbolchilar o‘shanda “Real”da qolishni ma’qul ko‘rishgan.
– Toni Kroos yozda bizga o‘tishiga tayyor edi. Biz futbolchi va uning agenti bilan barcha shartlarni kelishib olgan edik. Biroq asosiy maqsadimiz Beylni olib kelish edi. Men uni “MYu” o‘yinchi deb hisoblagan edim. Buning uchun so‘nggi daqiqalarga kurashdik va hattoki, “Real”dan ham ko‘proq taklif qilgan edik. Ammo Beyl Madridni tanladi, – deydi Moyes.
Fikrlar