
MYu Lyuk Shouga yangi shartnoma taklif qiladi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Lyuk Shouga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Todomercadoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 23 yoshli futbolchi ushbu kelishuvni imzolasa, uning maoshi haftasiga 145 ming evroga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Shouning MYu bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar