"MYu" Morata uchun 70 mln evro taklif qilmoqda, "Real" esa 80-90 mln talab qilmoqda

  • 27 iyun, 2017, 13:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” ispaniyalik hujumchi Alvaro Morataning transferi uchun “Real”ga 70 mln evro taklif qildi, biroq madridliklar bunga rozi bo‘lishmadi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 24 yoshli futbolchi uchun 80-90 mln evro atrofida mablag‘ talab qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Morata ayni damda o‘zining eng yuqori formasida harakat qilmoqda va shu bois Ispaniya terma jamoasining asosi hujumchisiga aylangan. Bu esa “Real”ga uning narxini oshirishi uchun asosiy sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Morata yakunlangan mavsum La Liganing 26ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 15ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!