
MYu Mourino bilan Gvardiolaning jamoasiga raqiblik qila oladimi?
Premer Liganing markaziy o‘yinida «Manchester Yunayted» hamshaharlari «Manchester Siti»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va o‘yindan qilingan xulosalarga ko‘ra «qizil iblislar» muvaffaqiyatga erishishlari uchun ba’zi narsalarni o‘zgartirishlari kerak ekanligini yaqqol namoyon bo‘ldi.
Ha bu derbi edi, biroq «Boka» va «River» o‘rtasidagi yoki «Bavariya» – «Borussiya D» o‘rtasidagi uchrashuv ancha murosasiz o‘tdi.
Mourino jamoasi 12 turdan keyinoq kechagi mag‘lubiyatdan keyin musobaqa peshqadamidan naq 12 ochkoga ortda qolmoqda. «Qizil iblislar» Premer Liga kurashidan chiqib ketdi, deyishingiz mumkin, biroq «Bornmut» va «Uotford» kabi 20 ochko jamg‘argan MYu o‘yindan chiqdi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Aynan shu holat «Old Trafford»dagilarga bosim o‘tkazmoqda.
Gvardiola esa Angliya futbol havosiga kirishib ketdi. Vaholanki ikkala murabbiy ham ayni yozda hozirgi klublari boshqaruviga kelgandi.
Farq ularning erishgan yutuqlarida ham emas, ular o‘yinda qanday raqiblik qilayotganida ham sezilarli.
Pep garchi ilk mavsumida «tumanli Albion»ga moslashishda biroz qiyinchilikka uchragan bo‘lsada, o‘z tamoyillaridan voz kechmadi.
U dastlabki mavsumda qiyin transfer bozorini o‘tkazdi, biroq tarkibda mavjud futbolchilar orqali eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga erishdi. Futbolchilarning ochilmagan qirralarini kashf qilgani uning yutug‘i bo‘ldi.
Portugaliyalik hamkasbi esa aksincha 2016-yil yozini qaynoq tarzda o‘tkazdi. U o‘shanda jamoasiga to‘rtta futbolchilarni olib keldi va bundan ko‘ngli to‘lganini bot-bot takrorladi. Pol Pogba «o‘zgacha»ning rejalariga tushgan yagona futbolchi bo‘ldi. Erik Bayi esa keyinchalik murabbiy tomonidan «istalmagan shaxs»ga aylnib qolgan bo‘lsa, Genrix Mxitaryan va Zlatan Ibrohimovichlar deyarli yo‘qolib ketishdi.
Mourino ilk mavsumida Evropa Ligasi va Karabao Kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsada, bu sovrinlar MYudek buyuk klub uchun kattaroq va muhim turnir hisoblanmaydi.
Gvardiola esa faqatgina Klaudio Bravo va Nolitolarni olib keldi. Biroq bu «Manchester Siti»ning zaif nuqtalarini to‘liq yopmadi. Shunday bo‘lsada Pep klub ixtiyoridagi futbolchilardan o‘zlarini texnik va psixologik jihatdan kuchli ekanliklarini ko‘rsatishini so‘radi.
Ular klubga kelganida vaqt masalasida bir xil imkoniyatga ega edi. Holbuki, Mourino SAFdan qolgan chempion jamoani oldi, «shaharliklar» esa bunday emasdi. Shu tufayli hozir ikki murabbiyni qiyoslash ancha haqqoniyroq bo‘ladi.
O‘shandan boshlab Manchesterdagi futbol havosi o‘ziga xos tarzda rivojlanib bordi.
«Fellayni hisobni 2-1 qilganida raqib judaya katta muammolar ostida qoladi deb o‘ylagandim.» – dedi Mourino o‘yindan keyin bergan intervyusida.
Fellaynini yomon o‘ynadi deb bo‘lmaydi. Aynan u jamoasining eng samarali futbolchisi bo‘ldi. U Mourinodan tashqari, Lui Van Gaal va Roberto Martineslar qo‘li ostida ko‘plab o‘yin sxemalarida ham ajoyib o‘yin o‘tkazgan.
Joze Mourinoning belgiyalik shogirdiga bo‘lgan mehri bu uning texnik sifatlari emas. U yarim himoyachidagi bo‘y-bast, raqibni kutib olishi va raqib o‘yinini buzib tashlaydigan iqtidorini yoqtiradi. Murabbiy «Manchester Siti»ning o‘yin rejalarini buzib tashlashni istagandi. Shu tufayli Fellayni muhim figuraga aylandi.
Fellayni Fergyusson davridan keyingi ilk transfer bo‘lgan. Klub muxlislari uni jamoada ko‘rishni istamasada u hamon klubda. Muxlislar Fellayni tipidagi futbolchini shunchaki o‘z suyuklilari safida ko‘rmoqchimas.
Gvardiola jamoasi esa NBA klubiga o‘xshaydi. Bir futbolchi to‘pni qabul qilgach uni goh o‘ng, goh chap tomonga uzataveradi. Bu darvoza to‘riga tepish uchun qulay imkoniyat tug‘ilmagunicha davom etaveradi.
MYuda esa hujumchilar bilan bog‘liq muammo ham etarli. Chunki kuchli hujumchilar etarlicha emas. Marsyal va Reshford tanlovlari qolgan, xolos.
Romelu Lukaku faqatgina penalti ishlay oldi. U 57-daqiqadan o‘yin oxirigacha to‘pga atiga to‘qqiz marta tegdi, xolos. 72-daqiqada maydonga tushirilgan Aleksis Sanches esa o‘yin oxirigacha bir marta uzatmani berdi.
Bu ular yomon futbolchi degani emas. Hammasi Mourinoning hujumchilari uchun samarali o‘yin rejasi yo‘q. Jarima yoki burchak zarbasiga umid qilib o‘ynash MYuga umuman yarashmaydi.
Fil Foden 92-93-daqiqa orasida etti marta uzatmani amalga oshirgan. U bu bilan Lukaku va Sanchesnikini qo‘shib hisoblaganda ham ko‘proq bajargan.
Balki himoyaviy o‘yin yana birinchi o‘ringa chiqar, ammo ayni vaqtda hujumkor futbol o‘yin ko‘rsatish trendda bo‘lib turibdi. Mana shunday uslubda grand jamoalar o‘ynashga harakat qilmoqda. Mourinoniki esa buning aksi bo‘lmoqda.
Uning ba’zi klublari aynan shu uslubda o‘ynagan davrlar bo‘lgan. «Portu», «Chelsi» va «Inter» va qisman «Real» hujumkor o‘yin namoyish qilishgan.
Himoyaviy o‘yin namoyish qiladigan jamoa kam gol o‘tkazib yuboradi. Mourino ta’kidlashicha hali yaxshi kunlar oldinda. Ayni vaqtda u shunchaki omadsizlikka uchramoqda.
Fikrlar