MYu himoyachisi yanvarda jamoani tark etmoqchi

“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Matteo Darmian yanvarda jamoani tark etishni istamoqda. The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi Italiyaga qaytishni rejalashtirmoqda.

Darmianning xizmatlariga “Roma” va “Inter” qiziqish bildirmoqda. Uning transfer narxi 10 million evroni atrofida baholangan.

Darmian MYuda 2015 yildan beri to‘p surib keladi. “Qizil iblislar” safida u Angliya Kubogi, va Evropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Darmian bu mavsum MYu tarkibida atigi bitta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!