
MYu hujumchisi "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Angliya Premer-ligasi 27-turidan o‘rin olgan “Nyukasl Yunayted”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, angliyalik forvard APL 26-turi “Xaddersfild”ga qarshi kechgan uchrashuvida jarohat olgan. U o‘sha o‘yinning 71-daqiqasida Xuan Mataning o‘rniga maydonga tushgan va chap oyog‘ida og‘riq sezgan.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchi bu mavsum Premer-ligada 25 bahsda maydonga tushdi va 4 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar