
MYu rahbariyati Xuan Mataga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi o‘zining ispaniyalik yarim himoyachisi Xuan Mata bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, 30 yoshli futbolchining mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va shu boisdan ham rahbariyat uni tarkibda saqlab qolish uchun futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Mata joriy mavsum MYu safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar