Madrid derbisining 5 to‘purari

  • 20 noyabr, 2016, 20:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha tunda "Atletiko" va "Real" jamoalari o‘rtasida Madrid derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda 3:0 hisobi qayd etildi. Shu munosabat bilan biz ushbu derbni tarixidagi eng sermahsul 5 to‘purar haqida ma’lumot berib o‘tishni joiz deb topdik.

Tecno

5. Ferents Pushkash. 17 o‘yin - 13 gol

Vengriyalik hujumchi "Real" libosida "Ateltiko" darvozasini 13 marta aniq nishonga olishga muvaffaq bo‘lgan. Pushkash ana shu gollarning 9 tasini la ligada kiritgan bo‘lsa, Ispaniya kubogi va Chempionlar kubogi musobaqalarida 2 tadan gol urgan.

4. Karlos Santilyana. 36 o‘yin - 15 gol

Santilyana "matrsachilar" darvozasiga chempionatda 13 ta gol urgan va u bu borada "Real" etakchilaridan biridir. Karlos qolgan gollarini kubokda 4 ta va Chempionlar kubogida 1 ta kiritgan.

2-3. Alfredo Di Stefano. 26 o‘yin - 17 gol

Di Stefano "Real" libosida 307 gol urgan bo‘lsa, ana shu gollarning 17 tasini Madrid derbisida kiritgan. Di Stefano chempionatda 13, kubokda 4 va Chempionlar kubogida bir marta "Atletiko" posbonlarini ranjitgan.

2-3. Santyago Bernabeu. 19 o‘yin - 17 gol

"Real" futbolchisi va prezidenti bo‘lgan Bernabeu "Atletiko"ga faqatgina kubok o‘yinlarida gol urgan. Santyago ushbu turnirda 19 marta maydonga tushib, 17 bora raqiblar darvozasini "o‘q"qa tutgan.

1. Krishtianu Ronaldu. 27 o‘yin - 18 gol

Ronaldu 2009 yildan buyon "Atletiko" darvozasiga 18 ta gol kiritgan. Krishtianu chempionatda 11 ta va kubokda 6 ta gol urgan bo‘lsa, Chempionlar ligasi finalida bir marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Furqat Yusupov tayyorladi

Blogdagi boshqa maqolalar

"Milan derbisi"dagi eng yaxshi 5 to‘purar

Madrid derbisining 5 to‘purari

Madrid derbisining 5 "gvardiyachisi"

"Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuviga oid 20 fakt

"Arsenal"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan 7 futbolchi

"Sho‘rtan" - "Qo‘qon-1912" uchrashuviga oid 10 fakt

Zlatan Ibragimovichning rekordlari (1-qism)

"Olmaliq" - "Paxtakor" uchrashuviga oid 10 fakt

LA LIGA TARIXIDA GOL URISh BO‘YIChA REKORDLAR (1-QISM)

"NEFTChI" - "QIZILQUM" UChRAShUVIGA OID 10 FAKT

RUNI ENG KO‘P GOL URGAN 7 JAMOA

"BUNYoDKOR" - "NAVBAHOR" UChRAShUVIGA OID 10 FAKT

"MASh’AL" - "BUXORO" UChRAShUVIGA OID 10 FAKT

"MANChESTER YuNAYTED" - "ARSENAL" TO‘QNAShUVIDA ENG KO‘P GOL URGAN 7 FUTBOLChI

LA LIGA TARIXIDA GOL URISh BO‘YIChA REKORDLAR (2-QISM)​​​​​​​

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!