Mahmud Muradov: Meyvezer MMAga litsenziya olish uchun ariza topshirmagan

CHERY AUTO

O‘zbekistonlik sportchi Mahmud Muradov boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq chempioni Floyd Meyvezerning MMAga o‘tishi borasidagi mish-mishlar hamon tinganicha yo‘q, biroq u bularning barchasi yolg‘on ekanligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil avgust oyida Las-Vegasda boks tarixidagi eng kassabop janglaridan biri tashkil qilingan va unda 40 yoshli Floyd Meyvezer (50-0-0, 27 KO) UFC chempioni 29 yoshli irlandiyalik Konor Makgregorni (0-1-0) texnik nokaut bilan mag‘lub qilgan edi. Shundan beri har ikki sportchi atrofida aralash yakkakurashlarda revansh jang qilish bo‘yicha xabarlar chiqa boshlagan edi.

Meyvezerga qarashli “The Money Team” (TMT) klubi a’zosi Mahmud Muradovning SPORTS.uz’ga ma’lum qilishicha, amerikalik sportchi ayni damda hordiq chiqarish bilan band.

Bularning barchasi yolg‘on. Hozirda biz birgamiz. Hamma uning aralash yakkakurash jang san’talari urushish uchun mashg‘ulotlarga kirishganligini yozmoqda. Unda bunga harakat qilayotganini ko‘rganim yo‘q. Mayamida oilaviy dam olmoqda. To‘g‘ri, u shug‘ullanish kerak deydi, biroq ularning barchasi shunchaki so‘zlar xolos. Bundan tashqari hech qanday litsenziya olishga urinayotgani yo‘q. Faqatgina barchasi kelajakda mumkin deyishdan nari o‘tgani yo‘q, – deydi Mahmud Muradov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!