MakGregor muxlis telefoniga “hujum qildi”
Engil vaznda UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor birga suratga tushishga uringan muxlisning telefoniga “hujum qilgan”.
Bu voqea Dublinda yuz bergan. Muxlislardan biri Jeyms Foran mashinada radio tinglab ketayotgan MakGregorni tanib qoladi va u bilan birga selfi va videoga tushishga urinadi. Bu s’yomka esa Makgregorga yoqmaydi va telefonni olishga harakat qiladi, biroq Foran bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shundan so‘ng sportchi avtomobil yon oynasini yopib yo‘lida davom etadi.
Muxlis esa ushbu videoni YouTube joylab, ostiga: “Makgregorni uchratdim va bu menga foydali, xa-xa-xa”, deb yozib qo‘ydi.

Fikrlar