Makelelening eski tanishi uni premer-ligaga chaqirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Uelsning premer-ligadagi vakili "Suonsi" o‘z tarkibiga frantsiyalik sobiq jahon chempioni Klod Makeleleni qo‘shib oldi. 
Gap shundaki, "Suonsi" 43 yoshli mutaxassis bilan 2016/2017 mavsum so‘nggiga qadar shartnoma imzoladi. Makelele jamoada bosh murabbiy Pol Klementga yordam beradi. 
Ma’lumot uchun Klement va Makelele avval PSJ va "Chelsi" ham birga faoliyat olib borishgan.
Eslatib o‘tamiz, "Suonsi" premer-liganing o‘tgan 20ta tur yakunlariga ko‘ra 15 ochko jamg‘argan holda 19-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!