Malkom qishda "Barselona"dan ketmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Malkom qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda sport.es xabar bermoqda.
Unga ko‘ra agar ushbu vaqt mobaynida 21 yoshli braziliyalik futbolchiga ishonch bildirilmasa, u “Kamp Nou”dan ketishi mumkin. “Ko‘k-anor ranglilar” esa uni katta ehtimol bilan ijaraga berib yuborishadi.
Ma’lumot uchun, Malkom joriy mavsum “Barselona” safida bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda ishtirok etdi va ularda jami 25 daqiqa maydonda harakat qildi holos.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Malkomga Londonning "Arsenal" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar