"Manchester Siti" etakchisi 3 haftaga safdan chiqdi

  • 11.12.2018 19:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi David Silva jarohat oldi.

Unga ko‘ra 32 yoshli ispaniyalik futbolchi mushaklaridan jarohatlangan va 3 hafta maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Silva joriy mavsum o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" ertaga Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi turida "Xoffenxaym"ga qarshi bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!